Biz aviachiptalarni sotmaymiz, balki siz uchun eng yaxshi variantni topamiz, siz esa chiptani qayerda sotib olishni oʻzingiz tanlaysiz. Bizning servis turli kompaniyalarning narxlarini topadi va solishtiradi. Xaridlar esa taklifni joylashtirgan kompaniyaning bevosita saytida amalga oshiriladi. Biz foydalanuvchilarimizdan komissiya toʻlovlari olmaymiz, ustama narxlar belgilamaymiz va hech qanday mukofot olmaymiz.
Bank kartasi yordamida chipta bron qilish va sotib olish – bu arzon aviachipta sotib olishning tezkor va qulay usuli. Siz bir necha qidiruv va bron qilish tizimlaridagi narxlarni qiyoslaysiz va chiptani qayerda sotib olishni tanlaysiz.
Keshbek — xarid qiymatining bir qismini sizning mobil telefoningiz schetiga qaytarish. Aviachiptalarni sotib olishda biz sizga ular qiymatining 1%, mehmonxonalarni bron qilishda esa 4% gachasini qaytaramiz (mukofotning aniq miqdorini siz keshbek hisoblangandan soʻng sizga yuboriladigan SMS-xabarda koʻrasiz).
Keshbek bron qilish uchun haq toʻlangan oydan keyingi oyning 1 dan 11 kunigacha hisoblanadi. Toʻlovlar esa bron haqi toʻlangan oydan keyingi oyning 20 dan 26 kunigacha amalga oshiriladi. Siz keshbek hisoblangani toʻgʻrisida bildirish olasiz.
Siz aviachiptalarni eng qulay usul – Uzcard, Visa yoki MasterCard bank kartalari orqali topishingiz, bron qilishingiz va sotib olishingiz mumkin. Karta bilan toʻlash uchun karta nomeri, egasining ismi va kartaning teskari tomonida koʻrsatilgan cvc-kodini kiritishingiz zarur.
DIQQAT: oʻz bank kartangiz haqidagi maʼlumotlarni begona shaxslarga xabar qilmang!
Uzcard kartalari bilan aviachiptalar haqini toʻlash uchun filtrdagi qidiruv shaklidan quyidagi agentliklarni tanlang: Findme.uz, Abquick.uz, Asialuxe.uz, Easybooking.uz
Aviachiptani qaytarish yoki uni qayta bron qilish uchun siz aviachiptani buyurtma qilgan agentlik bilan bogʻlanishingiz kerak boʻladi. Agentlikning kontaktlarini siz bron qilish boʻyicha maʼlumotlar keltirilgan xatda topasiz. Xat bron qilingan kuni sizga kelib tushadi.
Rasmiylashtirilgan aviachiptalarni qaytarish, chiptalar qay tariqa bron qilinganidan qatʼi nazar, aviakompaniyalarning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
“Sayohat” servisining kengaytirilgan funksiyalaridan foydalanish» xizmati aviakompaniyalar va ularning sheriklaridan bepul kirish SMS-xabarlari yordamida eng yaxshi narxlar boʻyicha maxsus takliflarni olish imkonini beradi.
Bor-yoʻgʻi bir sutkada 950 soʻm hisobiga siz aviakompaniyalarning aksiyalari, qiziqarli takliflari va chegirmalar bilan sotish toʻgʻrisidagi maʼlumotlaridan xabardor boʻlasiz.